Izohli lug‘at
karta
карта
Ma’nolari
- . Yer sathining, boshqa osmon jismlari yoki osmon gumbazining qogʻoz, taxta kabi tekislikka chizilgan shartli tasviri; xarita.
- . Har biri oʻziga xos rangi, tasviri, xoli, ochkosi bilan farqlanuvchi toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi oʻyin qogʻozlari das-tasi va ular vositasida boʻladigan oʻyin; qarta.
- . Biron-bir maʼlumot(lar) bilan toʻldiriladigan blank, varaqa.
- . maxs. Ichida magnitli axborotlar yozilgan va turli hisob-kitoblar uchun foydalaniladigan toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi guvohnoma, hujjat.
Misollar
- Geografik karta. Maʼmuriy-siyosiy karta. Yulduzlar kartasi. Olimlar karta — dunyoning fazoviy, tasviriy obrazidir, deb taʼrif berishgan. — Fan va turmush.
- Jonajon oʻlkamiz va no-tanish yurtlarni oʻrganish maqsadida karta boʻylab qanchadan-qancha “sayohat” qilganmiz. — Fan va turmush.
- Baʼzan kartani besh kishi boʻlib oʻynashardi. — Yo. Haimov. Rahmon, Hayot-mamot.
- Poyezd Yan-giyoʻldan oʻtmasdanoq yon-veridagi kupeda ke-tayotgan kishilar Salimxonni koʻrib qolishib, birin-sirin kirib, kupe toʻldi. Karta oʻyini boshlanib ketdi. — Mirmuhsin — Umid.
- Sanatoriya-kurort kartasi.
- Kredit kartasi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0