Izohli lug‘at
karvon
карвон
Ma’nolari
- Uzoqjoylarga yuk va odam tashuvchi, izma-iz boruvchi hay-vonlar, aravalar va ularni boshqaruvchi shaxslar toʻdasi, qatori.
- Umuman, muayyan ish, maqsad yoʻnali-shidagi transport vositalari toʻdasi, qato-ri.
- Koʻchish (yurish, uchish va sh. k.) harakatidagi narsalar toʻdasi, qatori.
- Karvonni boshqaruvchi shaxs; kar-vonboshi.
- Aravalarda yoʻlovchi yoki yuk, mol tashish bilan shugʻullanuvchi shaxs; arava-kash.
- Ogʻir karvon q. ogʻir.
Misollar
- Savdogarlar karvo-ni. Tuyalar karvoni. It huradi, karvon oʻtadi. — Maqol. ■■
- Yillar davomida afgʻon yerida bitgan lojuvard jahonga dong taratgan, karvonlar uni mashaqqatli yoʻl yurib, uzoq Misr, Xitoy.. oʻlkalariga eltardi. — S. Karomatov — Oltin qum. Oʻshalar [badaviylar]
- pene mashaqqapʼshr bilan hajga kelgan-ketgan-larni talar ekan. Shuning uchun hojilar yakka-dukka yurishdan qoʻrqib, karvon boʻlib yurishar ekan.. — M. Ismoiliy — Fargʻonat. o.
- Mashinalar karvoni. Kemalar karvoni. Paxta karvoni. a
- Harbiy karvon hamma toʻsiqlarni yanchib, Denovdan oʻtdi. — "Sharq yulduzi".
- Qazuvchilar karvoni toqqa yaqin-lashgan sari aravalarning gʻildiraklari tosh-shagʻallarda yana badtar gʻijirlay boshladi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Koʻkda oq bulut karvonlari yalqov suzsa-da, quyosh hashamat bilan chaqnab koʻtarildi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Tiniq osmonda turnalar karvoni argʻimchoq solib oʻtib ketdi. — S. Ahmad — Qadrdon dalalar.
- Koʻpchilik lozim koʻrsa, karvon tu-yasini soʻyar. — Maqol.
- Shoyunus karvonda yetti oʻgʻil bor. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- -Bu hafta bizga yordamlashasiz-da, karvon, — dedi kulumsi-rab Toʻgʻon aka. — A. Qodiriy — Ulokda.
Kelib chiqishi
f. tjljjl£ - tuya va b. yuk ta-shuvchi hayvonlar qatori
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0