Izohli lug‘at
kassa
касса
Ma’nolari
- Pul, qimmatbaho qogʻozlar qabul qilinadigan va sakdanadigan poʻlat sandiq, quti, joy va sh. k.
- Muassasa, korxonalarning pul qabul qilish, pul berish, bilet sotish va sh. k. bilan shugʻullanuvchi boʻlimi.
- Pul bilan ish yurituvchi, muomala qiluvchi muassasa yoki tashkilotlarning nomi.
- Qabul qilib olingan summa (cheklar) koʻrsatilgan talonlar bosib chiqariladi-gan (aks ettiriladigan) qurilma, apparat va shu qurilma joylashgan xona.
- Muassasa, korxona va sh. k. dagi bor pul.
Misollar
- Paxta mani oshsa, Toʻla turar kassasi. — "Qoʻshiqlar".
- Baza kassasi bitmas-tuganmas chashma emaski, oʻz-oʻzidan jaraq-jaraq aqcha qaynab chiqaversa. — Gazetadan.
- Qiz ichkariga kirib ketgach, aftidan kassaga pul topshir-gani oʻtdi shekilli, yana oʻzimga kela boshla-dim. — X. Toʻxtaboyev — Shirin qovunlar mam-lakati.
- Kinoteatr kassasi oldida yomgʻirdan qochib navbat kutayotganlar koʻpaydi. Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Omonat kassa. Oʻzaro yordam kassasi.
- Kassani tekshirmoq. n Sattorov kas-sani hisoblab chiqqach, tovuq fermasiga oʻtdi. "Mushtum".
Kelib chiqishi
ital. cassa < lot. capsa — biror narsa saqlanadigan idish; quti
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0