Izohli lug‘at
kech
кеч
Ma’nolari
- Sutkaning kunduz qismi tugab, tun qismi boshlanadigan payti, kunduz bilan tun oraligʻi.
- Kechasi, tun.
- Belgili yoki kerak vaqtdan keyin; belgili yoki kerak vaqt oʻtgach.
- kesim vazifasida. Vaqt oʻtdi, qulay fursat ketdi.
- Kech deganda yoki kechi bilan Bajarish muddati juda choʻzilib ketgan taqdirda, juda uzoqqa choʻzilsa, uzogʻi bilan.
Misollar
- Kech kirdi. Kechga yaqin. m
- Kech qorongʻisiga chulgʻanayotgan minbardan notanish birovning faryodi eshitildi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- -Kech boʻlib qoldi, bugun kelmaydi, — dedi u. — S. Zunnunova — Gulxan.
- Kechga borib jala quyib, tong otguncha mo-maqaldiroq gumburlab chiqdi. — S. Akmad — Ufq.
- Kunduzlari bu-lutli, Kechlarida oydin yoʻq. — Gʻayratiy.
- ..Bir kech mehmonxonada ota-oʻgʻil soʻzlashib oʻtir-ganning ustiga Oʻzbek oyim kelib kirdi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Hech boʻlmaganidan koʻra, kech boʻlgani yaxshi. — Ma-qol. n
- Bu yilgi bahorning kech kelishi koʻplarning tinka-madorini quritdi. — S. Karomatov — Oltin qum.
- Hosilotning soʻzi-ga kirib, chigitni besh kun kech ekkanining alami sira yuragidan chiqmasdi. — R. Fayziy — Choʻlga bakor keldi.
- -Boʻlar ish boʻldi, ovora boʻlmang, endi kech. -Hali ham kech emas! — dedi Adolat. I. Rakim, Chin mukabbat.
- Temirni qizigʻida bo-sish kerak, keyin kech boʻladi. — M. Hazratqu-lov — Jurʼat.
- Bu top-shiriqni kechi bilan birinchi aprelgacha ba-jarish kerak. n
- Kech deganda, martning bi-rinchi yarmida chigitni ekib olsak, marra biz-niki. — N. Safarov — Xadicha Ahrorova. Kech qolmoq Kechikmoq.
- [Fotima:] Keling, muncha kech qoldingiz! — Hamza — Tuhmatchilar jazosi.
- Ahmad kech qolayotgan edi, shuning uchun lift-ni kutmay, shoshilgancha yayov tepaga yoʻnaldi. — F. Musajonov — Himmat. Kunni kech qilmoq Kunni oʻtkazmoq, kunni (kunduzni) tugat-moq.
- Iqbolxon shu zaylda yuz xil xavotir bilan kunni kech qiladi. Oʻ. Usmonov, Sirli
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0