Izohli lug‘at
kecha
кеча
Ma’nolari
- Sutkaning qorongʻi tushgandan tong otguncha oʻtadigan qismi; tun.
- Biror narsaga bagʻishlangan, odatda rasmiy va badiiy qismdan iborat boʻladigan kechki umumiy yigʻilish.
- Bugundan oldingi kun.
Misollar
- Oydin kecha.
- Qorongʻi kecha.
- -Oyimni bir oydan beri koʻrganim yoʻq. Bir kecha yonida yotishni orzu qilaman, - dedi yengillanib Nuri. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Sidiqjon yoʻlga tushish niyati borligini aytmasa ham, chol.. bu kecha shu yerda qolishni, erta sahar yoʻlga chiqishni maslahat berdi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Mehmonlar bilan vakillarning qizgʻin tabriklari, xayrli tilaklaridan keyin kechaning rasmiy qismi tugadi. — Parda Tursun — Oʻqituvchi
- Kecha oxirida Oʻzbekiston sanʼat ustalari katta konsert qoʻyib berishdi. — Gazetadan
- Kecha sizni kutgan edim.
- Kecha ertalab, shaharni bir aylanib kelayin, deb chiqib ketgan. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0