Izohli lug‘at
kelib-kelib
келиб-келиб
Ma’nolari
- Odatda, oʻylanmagan, xayolga kelmagan va shu bilan birga maʼqul boʻlmagan ish-harakat, voqea, hodisa haqida ekanlikni qayd etadi; oxiri, nihoyat. Ke-lib-kelib toʻy kuni qor yogʻdi. m -Mana, be-kachim, — dedi kulib Toʻybeka. —
Misollar
- Anovi kungi yosh mehmonni senga maqtasam, achchigʻlan-ding, ammo kelib-kelib bukun seni oʻshanga berdilar. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Gʻofir:\ Men hali hasratimni, dardimni kelib-kelib sizlarga aytdimmi? — Hamza — Boy ila xizmatchi.
- Juman kutilmagan savoldan oʻzi-ni yoʻqotib qoʻydi. "Nega kelib-kelib menga tiqilinch qilyapti", degandek atrofdagilar-ga alanglab oldi.. — A. Muxtor — Tugʻilish.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0