Izohli lug‘at
kepata
кепата
Ma’nolari
- Qiyofa holati (odatda yomon, ayanch, achinarli ahvol). U..
Misollar
- najot yoʻlini butunlay yoʻqotgan kishi kepatasi-da oʻtirardi. — S. Ahmad — Oydin kechalar.
- Pa-ranjili xotin oʻgʻlining zahil yuzini, ozib ketganini koʻrib, yigʻlab yubordi: -Voy, ay-lanay bolam-yey! Jon bolam-yey! Seni qanday kepataga solibdi-ya bu zolim! — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- ..xumordan chiqquncha kaltakla-shibdi. Tagʻin bir kepatada tashlab ketish-ganini ayting! — E. Aʼzam — Kechikayotgan odam.
- Shamol hamma narsani oʻz hukmiga oladi.. Istagan kepatasiga solaveradi. — J. Abdul-laxonov — Toʻfon.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0