Izohli lug‘at
keskin
кескин
Ma’nolari
- . Jiddiy va tubli tarzda.
- . Hal etilishi ogʻir, katta kuch va ehtiyotlik talab etuvchi; jiddiy; hal qiluvchi.
- . Tez yuz beruvchi va kuchli, shiddatli, qattiq (ovoz, shamol va shu kabilar haqida).
- . Juda tez; birdan, shartta.
Misollar
- Tartibni buzishlar keskin kamaydi.
- Shoʻrlangan tuproqlar qishloq xoʻjalik ekinlarining hosildorligini keskin pasaytirib yuborishi hammaga maʼlum. — Gazetadan.
- Yosh kelin-kuyov orasida avvalgi xayoliy orzu bilan hozirgi ahvolning keskin farqidan kelib chiqqan noxush bir murakkablik borligini Oysha begim ham payqar va.. ich-ichidan iztirob chekardi. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Abdurasul keskin kurashga tayyorlanish kerakligini tushundi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Yoʻlchi koʻchaga chiqishi bilan keskin sovuq shamol quloqlarida gʻuvillab, ignaday oʻtkir, mayda qor parchalarini uning yuziga urdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Oʻktam oʻzini choʻl xoʻjayini sezib, tevarakka qarchigʻay boqish bilan alanglab, otini istagan yoqqa keskin burar edi. — Oybek — O. v. shabadalar.
- Islomxoʻja keskin burilib, foytunga qarab yurdi. — S. Siyoyev — Avaz.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0