Izohli lug‘at
ket
кет
Ma’nolari
- Bosh (old) ga qarama-qarshi to-mon; orqa qism, orqa tomon; orqa. Mashi-naning keti.
- Odam tanasining beldan pastki orqa qismi. Otshshagan sopqon ham boshga tegar, ham ketga. Maqol.
- (3-sh. egalik shaklida) Choʻziq, davomli narsalarning tugaydigan joyi; poyoni, oxiri. Komila Oʻktamni dastlab katta boqqa olib kirdi. Keti koʻrinmagan mevali daraxtlar qatori taajjublanarli goʻzal edi. Oybek, O. v. shabadalar. Dada, osmon tegi juda ham keng-a ? Uning eng ketiga hech kim borganmi ? Q. Muhammadiy.
- (3-sh. egalik shaklida) Oxiri, oqiba-ti, natijasi. Oʻqish — jafoli, keti — va-foli. Maqol. ■■ Uch-toʻrt kundan buyon bulut arimaydi. Keti yomon boʻladi, shekilli. Oybek, O. v. shabadalar. Oʻylanmagan ishning keti pushmondir. "Nurali". Birni uchga sotishning keti boʻlar voy. "Mushtum".
- Narsa yoki kimsaning yuz, bet, old tomoniga qarshi tomon; ort, orqa. Ketga surmoq. n -Ota.. — dedi Mayna oʻzini ketga tashlab. Sh. Toshmatov, Erk kushi.
- 3-sh. egalik va j. k., oʻ. -p. k. va ch. k. shakllarida (ketiga, ketida, ketidan) koʻmakchi vazifasida ishlatiladi va shu kelishik shakllariga xos makon, vaqt munosabatlarini ifodalaydi. Sidiqjon uning ketida turgan onasiga qaradi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari. Issiq choy olib keldi. Ketidan ovqatga unnadi. H. Nazir, Yonar togʻ. Hayal oʻtmay Ahmedov, uning ketidan Oʻrmonjon bilan Ibrohimov, Zokir ota kirib kelishdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
- Ketiga tushmoq Payidan boʻlmoq, taʼ-qib qilmoq. Politsiya izquvarlari mening ham ketimga tushdi. M. Mirhodiyev, Unutilmas lavhalar. Ketidan quvmoq Biror narsaga yetishish ilinjida (harakatida) boʻlmoq. Shuhrat ketidan quvdim, soʻz aytdim baland-parvoz. "Mushtum".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0