Izohli lug‘at
keyin
кейин
Ma’nolari
- Shu yoki oʻsha tobda emas, maʼlum vaqt oʻtgach; soʻng.
- Avvalgisining ketidan; soʻng, soʻngra.
- (egalik va kelishik shakllari bilan: keyiniga, keyinida) ayn. orqa (orqasiga, orqasida), ket (ketiga, ketida).
- krsh. s. Bundan tashqari, shuning bilan birga, shuningdek; yana.
- koʻm. vazifasida. (ch. k. bilan) Soʻng, ketidan, tugagach, oʻtgach.
- bogʻl. vazifasida. (ch. k. bilan) Sabab yoki payt ergash gapni bosh gapga bogʻlash uchun xizmat qiladi va sabab, payt munosabatini bil-diradi.
Misollar
- Shu kitobni keyin-roq oʻqiyman. yat Boyvachchaning kimligini keyin aytaman. — K. Yashin — Hamza.
- Xoʻp, hozir taqmasang, choʻntakka sol, uyingga yashir, keyin taqasan. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Qal-tis yiqilib, biron joyi mayib boʻlgan kishi buning ogʻrigʻini oʻsha tobda emas, keyin bil-gandek, Sidiqjon bu mojaroning butun dah-shatini shu kechasi koʻrpaga kirganidan keyin bshzdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Madaminxoʻja dasturxon soldi, non ushat-di, keyin kattakon bir gurskettini kel-tirib, pichoq tortgan edi, qovun qars etib yorildi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Charos yana yigʻlab yubordi. Keyin koʻz oʻngi qorongʻi-lashib, hech nima koʻrinmay qoldi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Dushman yurar mard oʻgʻlonning keyinidan. — "Oysuluv".
- Tuya, odati boʻyicha, quduqdan chekkaga qarab yurdi, keyinidan jun arqon tortilib bo-rardi. — K. Yashin — Hamza.
- Aqliraso bolalarim biladi: Oʻqimagan nari, keyinda qolar. — Fo-zil Yoʻldosh oʻgʻli.
- Agar [qovun]yaxshi boʻlsa, xalq yeb, sizni duo qiladi, men oʻzim yemayman. Keyin, kim biladi, bir palakdan har xil qovun yetishadi.. Uch soʻlkavoy bera-man, xoʻp deng. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Hammadan keyin. Ishdan keyin. Ovqatdan keyin. Kun botgandan keyin. m
- Hammaga zehn soliboʻtirgan Safarov.. Boʻta-boy akadan keyin oʻshanga [Roʻzimatga] soʻz berdi. — A. Qaqhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Sidiqjon ovqatdan keyin qoʻliga gazeta olgan edi, bir maqolani yarimlatmasdan, koʻzi suzildi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Qoʻl kalta boʻlgandan keyin, qayoqqa uzatasan? — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Yorugʻ dunyodan umiding boʻlmagandan keyin, darchang qiyshiq turdi nima boʻldi-yu, toʻgʻri turdi nima boʻldi. Bunaqa narsalar.. orzu-havasga bogʻliq. A. — Qahhor — Qoʻshchinor chirshugari.
- Bu ishlar bir qadar bitgandan keyin, Sidiqjon onasini olib kelgani Bahrobodga bordi. A. — Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0