Izohli lug‘at
keyingi
кейинги
Ma’nolari
- Ketma-ketlikda oldin-gidan keyin turuvchi, navbatdagi.
- Ket tomondagi, orqadagi.
- Oxirgi, soʻnggi.
- Yaqinda paydo boʻlgan, yangi.
- Itning keyingi oyogʻi Bilish, rivojla-nish jarayonida eng keyinda qolgan.
Misollar
- Oldin-gi arava qay yoʻldan yursa, keyingi arava ham shu yoʻldan yurar. — Maqol. ■■
- Raʼno keyingi misrani oʻqib, oʻylanib qoldi. A. — Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- U\Yoʻlchi\ koʻzlagan joyiga tezroq yetishga oshiqib, oʻtkinchi-lardan soʻrar edi: - Toʻpqayragʻochga yaqin qol-dimi ? -Hali bor. Koʻprikdan keyingi guzar. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Aravaning keyingi gʻildiragi. Otning keyingi oyoqlari. n Shoh [pashsha]
- keyingi oyoqlari bilan qano-tining ustini siladi. A. — Qahhor — Bashorat.
- Gʻulomjon keyingi vaqtlarda tanholikka mayl bogʻlab, mulla-vachchalar suhbatidan oʻzini tortadigan boʻlib qoldi. — M. Ismoiliy — Fargʻonat. o.
- Keyingi yangi modellar ichida yoshlarning sport kos-tyumi boʻlib, bunga besh qirrali faxrli bel-gi berildi. — Gazetadan.
- Toshkent-lik mashhur bir boyning xasisligi haqida keyingi, hali hech kimning qulogʻiga chalin-magan latifalar suhbatga "rang" berib tu-rar edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Biror hunar-punar oʻrgansin. Yoʻqsa, oʻzingga oʻxshab, itning keyingi oyogʻi boʻlib qoladi. — E. Rai-mov — Ajab qishloq.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0