Izohli lug‘at
kift
кифт
Ma’nolari
- Gavdaning
- boʻyindan qoʻlgacha boʻlgan qismi; yelka.
- Kiyimning yelkada turadigan, yelkani qoplaydigan qismi.
- Kiftini keltirmoq Juda yaxshi (oʻrin-latib, qotirib) bajarmoq; qoyil qilmoq; boplamoq.
- S. Anorboyev, Oqsoy. Yakka kift boʻlib yoki yakka kiftlab Yonlamasiga, bir yon bilan (oraliqdan oʻtish, yurishdagi holatga nisbatan).
Misollar
- Otam kelib, xurjunni kiftiga oldi, men unga er-gashdim. S. — Ayniy — Esdaliklar.
- Teshaboyning taʼnasi boyagi kifti yamoq qotma cholning jax^gini chiqardi. — M. Ismoiliy — Fargʻonat. o.
- Qoʻling dard koʻrmagur oshpazlar ham taomlarning kiftini keltirib yubo-ribdi. — "Mushtum".
- -Akang aylangur, hazilli-yam kiftini keltirasan, — Toʻlamat moʻylov yirik-yirik tishlarini koʻrsatib iljaydi.
- Yoʻlchi yakka kift boʻlib, xalq orasi-ni yorib, oldinga oʻtdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Yakka kiftlab oʻtasan kishi, Koʻcha-larda sonsiz olomon. — E. Rahim — Yangi qadam.
- Yana yakka kift boʻlib, darvozadan chiqdi va.. koʻchadan jadallab ketdi. — Sh. Xolmirzayev — Bodom qishda gulladi.
Kelib chiqishi
a. — yelka
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0