Izohli lug‘at
kiprik
киприк
Ma’nolari
- Koʻz qovoqlari chetida qator joylashgan tuklar. Kuchli kulgidan Raʼnoning koʻzi yoshlanib, oʻsiq kiprigi juftlandi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.
- Kiprik qoqmaslik 1) kipriklarni yumib-ochmaslik, koʻz ochiq holda kipriklarni qimirlatmaslik; diqqat bilan ti-kilib jim turmoq.
Misollar
- Qozining tus-siz koʻzlari atrofidagi siyrak kipriklari pilpilladi, lablari pichirladi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Sidiqjon ogʻzini, koʻzla-rini katta ochib, kiprik qoqmay, favqulodda bir javob kutib turganini koʻrib, Bolta-boyning kulgisi qistab ketdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Akamhamon joyidan qimir etmas, koʻzlarini oʻchoqda yonayotgan olovga qadagancha, kiprik qoqmay turardi. — Q. Kenja — Baliq ovi; 2) butunlay uxla-maslik, koʻz yummaslik.
- Sidiqjon kechasi bilan kiprik qoqmay chiqdi. A. — Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Maston uning yonida oʻtirib, kiprik qoqmay tong ottirdi. A. — Qahhor — Maston. Kiprik qoqmoq Yuqori va quyi kipriklarini yummoq, yumib ochmoq.
- Sekretar qiz koʻzlarini suzib, bir-ikki marta kiprik qoqdi. S. — Ahmad — Laʼli Badax-shon.
- Qoʻshnimning nafas olishi, kiprik qoqishi tezlashdi, ogʻzi xiyol ochildi, goʻyo suk-sur qiz qarshisida turganday entikdi. — "Gul-dasta".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0