Izohli lug‘at
kira
кира
Ma’nolari
- Biror joyga borish yoki biror yukni olib borib berish uchun arava, mashina va shu kabilarni yollash, yollanish.
- Kira qilmoq 1) haq toʻlash sharti bilan boshqaning ot, arava, mashina va sh. k. la-ridan foydalanmoq, ularni yollamoq.
- s. t. Badal, evaz.
- Kira haqi, kira puli.
- Muhammadjonov, Turmush urinishlari.
Misollar
- Tuyalarimdan koʻnglim toʻq boʻlgani uchun ularni kiraga yubordim. — S. Ayniy — Kullar...
- uch soyabon arava, olti otni kiraga olib, katta karvon ketidan yurish-ni.. gaplashishdi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- -Biz ham, otam ikkimiz, ikkita nor tuyani kira qilib, karvonga ulandik, — dedi Hoji xola. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha. ; 2) kirakash-lik bilan pul topmoq.
- Qoʻlga tushsang.. kira qilyapsan, deb moliyaga yozib berishdan ham toymaydi bular. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Xolbekanimen koʻrsat-sam, toʻrajon, Kirasiga ne berasan oʻzima? — "Kuntugʻmish".
- Margʻilondan, hatto Qudratulla qorini ham yigirma besh shogirdi bilan chaqirtiribdi. Borish-kelish kiralarini ham boy oʻz ustiga olibdi. M.
- Ikkala mashina ham yakka tartibda uy-joy quruvchilarga suv tashish va kira ishlash bilan band boʻlmoqda. — Q. Sobirov — Baʼzi may-da-chuydalar.
Kelib chiqishi
a. A— yollash, yollanish; ijara puli; yoʻl haqi yoki yuk tashish haqi
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0