Izohli lug‘at
kishi
киши
Ma’nolari
- Fikrlash, soʻzlash hamda ij-timoiy mehnat jarayonida qurol yasash va undan foydalanish qobiliyatiga ega boʻlgan jonli mavjudot, zot; odam, inson.
- Insoniyatga mansub zot, shaxs, odam.
- Umuman, balogʻat yoishdan oʻtgan shaxs; katta yoshli odam.
- Oʻzga,- begona shaxs, birov.
- s. t. esk. Shariatga binoan, balogʻatga yetgan xotin-qizlar yuzini, oʻzini koʻrsat-masligi kerak boʻlgan begona erkak.
- Kishidan qochmoq Begona erkakka oʻzini koʻrsatmaslik (xotin-qizlarga nisbatan qoʻllanadi).
- Taʼkid ifodalaydi.
- Kishi bilmas Yashirin holda, hech kim-ga bildirmay; zimdan.
Misollar
- Til kishilarning oʻzaro aloqa qurolidir. n Ki-shining ruhiy holati va ish qobiliyati mu-ayyan ritmga boʻysunishini odamlar allaqa-chon payqashgan. Gazetadan.
- Uning yuqoriqis-midagi tugmachani bossangiz, teshikdan maxsus uzunlikdagi elektromagnit toʻlqinlar chiqib, kishi miyasining uxlatuvchi markazi-ga taʼsir koʻrsatadi. — O. Moʻminov — Xiyobon-dagi uch uchrashuv.
- Zaytun daraxtining tur-gan-bitgani kishi organizmi uchun foydali. — Gazetadan.
- Obroʻli kishi. Xushomadgoʻy kishi. Oilamizda toʻrt kishi bor. Har qanday kishi. Olija-nob kishi. Kishilar toʻdasi. Besh kishidan iborat komissiya, m
- Novcha kishi shofyor uzatgan papkani qoʻltigʻiga qistirdi-yu, katta-katta odim tashlab, tezda sherik-lariga yetib oldi. — A. Obidjon — Akant qara-gʻay Gulmat.
- Ey, bu ota Sharif tarroning janozasida Otamurod qorining yonida qurʼ-onni sharillatib oʻqib oʻtirgan kishi-ku! — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Kishi yaxshi koʻrgan odami-ni, ming oʻrab tashlanmasin, bitta qiligʻi-dan biladi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Ayol kishi. Erkak kishi, sht -Yoshing yigirma beshga qarab boryapti, — dedi onasi hamon oʻsha titragan tovushda, —
- xotin kishi oʻttizga kirsa oʻtin boʻladi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- U kamgap, birovga aralashmaydigan kishi edi. — S. Ahmad — Yulduz.
- Kabinetdan grajdancha kiyimdagi novcha kishi, orqa eshikdan esa uchta militsioner tushib keldi. — A. Obidjon — Akang kara-gay Gulmat.
- Kishi yur-tida xon boʻlguncha, oʻz yurtingda gado boʻl. n
- Jiyan, aqling boʻlsa, kishining bir tiyiniga xiyonat qilma. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Qoʻrgʻon eshigidan ayol ovozi eshitildi: -Nima kerak? -Munda kel! — chol qoʻli bilan imladi. -Kishi bor-ku.. -Qarindosh, Xushroʻining oʻgʻli, — deb tushuntirdi chol. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Afsuski, kunda-lik turmushimizda baʼzan buning aksini koʻrib, oʻksinasan kishi. — "Mushtum".
- Yomgʻirda yuvilgan trotuarlarda yursang, shunchalik yengil tortasanki, imtihonlarni ham.. stipendiya tashvishini ham unutib yuborasan kishi. U. — Hoshimov — Qalbingga quloqsol.
- Juda hayallab ke-tishdi-ku. Kishi bilmas borib kelmaysan-mi, uka?[dedi Mansur]. — 3. Said — N. Safarov, Tarix tilga kirdi.
- Har bir haraka-tingni kishi bilmas aygʻoqchi kuzatadi. — K. Yashin — Hamza.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0