Izohli lug‘at
kitob
китоб
Ma’nolari
- Maʼlum matnli varaqlardan iborat, yuzlab tikilgan, muqovalangan, hajmi 48 sahifadan kam boʻlmagan bosma (qadim qoʻlyozma ham) asar.
- Umuman, maʼlum shaxs, voqea-hodisa-ga va b. ga oid tugal, odatda, nashr etishga (kitob boʻlishga) moʻljallangan asar.
Misollar
- Kitob magazini. Kitob savdosi. Kitob nashr etmoq. Sheʼriy kitob. Geologiyaga oid kitob. Shaxmatga oid kitob. m
- Ahmad Husayn.. kitoblarni sara-lab, chamadanga joyladi.. — Oybek — Nur qidi-rib.
- Hozir otaga qarashib turibman: choyxoʻr-larga gazeta, kitob oʻqib beraman. — A. Qahhor — Asror bobo.
- Kitobning muqovasi koʻrkam, kitobxon uni qoʻlga olishi bilan bahridili ochilib ketadi. — Gazetadan.
- -Bu yaqinda katta kitobni yozib tugatadi, — deya davom etdi Zavqiy. — K. Yashin — Hamza.
- Tez kunda dovrugʻim olamga yoyilib ketsa-ya.. mening haqimda ham kitoblar yozishsa-ya. — X. Toʻxtaboyev — Shirin qovunlar mamlakati.
Kelib chiqishi
a. كِتَاب - yozilgan, muqovalangan asar
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 2