Izohli lug‘at
kolchedan
колчедан
Ma’nolari
- Kolchedanlar - tarkibida oltingugurt, temir hamda mis, arsen (mishyak) va boshqa qo'shimchalar bo'lgan mineral bo'lib, ulardan ko'proq ahamiyatlisi oltingugurt yoki temir kolchedani FeS2 (pirit)dir, u oltingugurt olishda (FeS2= FeS + S), sulfat kislota ishlab chiqarishda qo'llaniladi. Arsen kolchedani (arsenopirit) FeAsS ham ma'lum, undan arsen olinadi, mis kolchedani CuFeS2, flotatsiya kolchedani, mis rudalarini flotatsiya qilish natijasida hosil bo'ladi, ko'mir kolchedani (oltingugurtga boy ko'mirlarni boyitishda hosil bo'ladi) va boshqalar ma'lumdir.
- Metallar (temir, mis, kobalt, nikel va b.) oltingugurt (sulfid)li birikmalarining umumiy nomi.
Misollar
- Mis kolchedan, sht Gʻarbiy Oʻzbekiston-da oltin margimush kolchedan bilan yoki kvars tomirlarida uchrar ekan. — S. Anorboyev — Uzbekistan oltini.
Kelib chiqishi
fr. colcedoine < Kichik Osiyodagi shahar (lot. Calchedon, yun. Chalkedon) nomidan
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0