Izohli lug‘at
kom
ком
Ma’nolari
- esk. Ogʻizning yuqori tish, tanglaydan halqumgacha boʻlgan qismi, ogʻiz ichi; ich (qaʼr) (koʻpincha ajdar, dev kabi afsonavny maxluqlarning ogʻzi haqida).
- Komiga tortmoq Ichiga, damiga tortmoq, yutmoq.
Misollar
- Hamma urushdan qochsa, sen bu ajdahoning komiga oʻz ixtiyoring bilan bormoqchimisan?! — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Siz-chi ey, sadoqat soʻzidan nolib, Nadomat komida qolganlar, ayting. — A. Oripov — Ruhim.
- Endi amiringiz sharmanda boʻlib qochgandan keyin ham.. xalqning qolgan-qutgan mol-mulkini ham talab, u ajdarhoning komiga solmoq-chimisiz? — S. Ayniy — Qullar.
- Ajdar choʻponni komiga tortdi. — "Er-taklar".
- Podshohlar bir ajdarki, uzoqdan koʻrmoq yaxshi, ammo yonida boʻlmoq xavfli — bir sabab bilan komiga tortmogʻi oson. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Kuchli magnit parcha-si temir zarrachalarini oʻziga tortgandek, havo kameralari ham qiygʻoch ochilgan.. tola-larni oʻz komiga tortardi. — B. Fayziyev — Oy-din kechada.
Kelib chiqishi
I f. j".LS — tanglay, ogʻiz; ogʻiz boʻshligʻi
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0