Izohli lug‘at
komanda
команда
Ma’nolari
- harb. Komandir-ning rasmiy, qisqacha, ogʻzaki buyrugʻi.
- harb. Muayyan vazifalarni bajarish uchun uch va undan ortiq kishidan tashkil etilgan kichik harbiy qism, boʻlinma.
- Kemadagi matros va komandirlar tar-kibi.
- Muayyan sport turi boʻyicha birga hara-kat qilish uchun tuzilgan sportchilar ja-moasi.
- siyos. Biron-bir siyosiy arbob yoki man-sabdor shaxe atrofida boʻlgan va uning das-turini amalga oshirishga koʻmaklashadigan yaqin kishilar guruhi.
- Biron-bir faoliyat bilan band boʻlgan, muayyan ishni bajarayotgan ishchi guruh, jamoa.
- maxe. Kompyuter texnikasida: kompyuter bajarishi lozim boʻlgan har qan-day ish uchun ayni kompyuter (hisoblash mashinasi)ga mos mashina tilida yozilgan (berilgan) buyruq, yoʻl-yoʻriq.
Misollar
- Ular kapitanning komandasi bilan tepadagi sa-molyotga barcha qurollardan birdaniga, bab-baravar oʻq uzdilar. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Soʻngra polkka.. komanda berib, Elmu-rodga tashakkur eʼlon qildi. — Shuhrat — Shi-nelli yillar.
- Raz-vedkachilar komandasi. Snayperlar komandasi. Oʻt oʻchiruvchilar komandasi.
- Kreyser komandasi. Teploxod komandasi.
- Voleybol komandasi. Shaxmatchilar komandasi. n
- Abduraimov yaxshi futbolchi edi, yaxshi trener boʻldi. Ancha yillar oʻzi shu komandada oʻynadi. — Gazetadan.
Kelib chiqishi
fr. commande < ital. comando — boshqaruv
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0