Izohli lug‘at
komil
комил
Ma’nolari
- . Kamolatga erishgan, bekamu koʻst, mukammal.
- Imoni (yoki ishonchi) komil Qatʼiy ishonchni bildiruvchi ibora.
- . Komil (erkaklar ismi).
Misollar
- Muhammad Jamol endi soʻzni Iskandarodan boshladi: -Goʻzal, kelishgan va aqli komil qiz, — dedi. — Oybek — Nur qidirib.
- ..axloqi, odobi, maʼnaviy fazilatlari uni har bir komil insonga baravar qilib koʻtargan edi. — S. Ayniy — Esdaliklar.
- Bu sirli gumbazga necha martalab tikilib qolganiga imonim komil, zero u boshqa yodgorliklardan oʻzgacha. — S. Karomatov — Soʻnggi barxan.
- Ammo Oy-qizning ishonchi komil ediki, erta-indin bu yerlar ham chamandek yashnaydi. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
Kelib chiqishi
arab. – yetuk, toʻliq, mukammal
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0