Izohli lug‘at
konglomerat
конгломерат
Ma’nolari
- geol. Turli tosh va tosh parchalarining loy, ohak va sh. k. vositasi bilan bir-biriga mahkam yopishuvidan hosil boʻlgan togʻ jinsi.
- Turli-tuman jins, predmet va qism-larning tasodifiy mexanik qoʻshilmasi-dan iborat narsa; qurama.
Misollar
- Qa-dimgi delta yotqiziqlari konglomeratlar va qum qatlamlaridan iborat. — P. Gʻulomov — Zarafshon etaklarida.
- Dunyoda tashqari-dan soʻz qabul qilmaydigan, faqat oʻz ichki resurslari hisobiga rivojlanadigan "sof" til boʻlmagani singari, nuqul boʻlak tillar-ning lugʻatlaridan tashkil topgan qurama, antiqa "konglomerat til" ham yoʻq. — Gʻ. Sa-lomov — Tarjima nazariyasiga kirish.
Kelib chiqishi
lot. conglomerate — toʻdalangan, yigʻilgan, toʻplangan
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0