Izohli lug‘at
kosa
коса
Ma’nolari
- [0. 1 Piyoladan kattaroq,
- asosan suyuqlik va turli ovqatlar solib ichish uchun ishlatiladigan idish.
- Oʻz poʻchogʻi ustida koʻndalangiga kesib qoʻyilgan qovun, tarvuz yoki handalak boʻla-gi, pallasi.
- Bosh kosasi anat. Kallaning miya joy-lashgan qismi, miya qopqogʻi. Kosa tagida nimkosa bor Bir narsa, ish-harakat zami-nida yashirilgan boshqa bir narsa borli-gini bildiradi, shunga ishora qiladi.
- ■<" Ya%ya.
- .
Misollar
- Bir kosa sut. Ikki kosa qatiq. yat fYoʻlchi].. meh-monlaruchun dam yasogʻliq patnuslar, dam choy.. dam kosalarda shoʻrvalar tashishdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Juvon boʻshagan chinni kosalarni yigʻishtirib, oshxonaga chiqib ketdi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Ovqat pishdi. Qo-zonning zangi chiqib qoraygan goʻjaga qatiq ham rang kirgiza olmadi. Turobjon ikki kosa ichdi, xotin esa hanuz bir kosani yarimlata olmas edi. — A. Qahhor — Anor.
- Qovunni kosa qilib soʻymoq. yat Patnus koʻkcha va shakarpalak kosalari bilan toʻliq edi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Qoʻqonning qaymoqqa yoʻgʻrilgan poygir namup-lari, oq poʻst shaftolisiyu hafsala bshshn kosa qilinganumurvoqi qovunlari.. — K. Yashin — Hamza.
- Raykom sekretarining bu himmatini Zumrad avvaliga yosh, tajribasiz raisga.. begʻaraz koʻmak deb tushundi. Endi bilsa, kosa tagida nimkosa bor ekan. — S. Siyoyev — Otliq ayol. Kosasi oqarmaydi Hayoti, turmushi yaxshi-lanmaydi, oʻnglanmaydi.
- Dangasaning kosoye i oqarmaydi. ya" -Dodam rahmatlining qoʻli har hunarga etil edi,— dedi Yoʻldo-shev, — ammo hech vaqt bechoraning kosasi oqarmadi. — Oybek — O. v. shabadalar. Kuz kosasi Bosh suyagining yuz qismidagi koʻz joylashgan chuqurlik.
- Uning [Sotvoldi-ning].. chap koʻzi oʻyilgan va koʻz kosasiga quyuq qora qon toʻlib qotib qolgan, mahkam yumil-gan lablari timdalangan edi. — P. Tursun — Oʻqituvchi. Sabr kosasi toʻlib toshdi q. sabr
- Ona esa nasihat va oʻgit berishdan nari-ga oʻtmaydi. Sabr kosasi toʻlib ketgan qiz noiloj yorilishga majbur boʻldi. — J. Abdul-laxonov — Xonadon.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0