Izohli lug‘at
kuch
куч
Ma’nolari
- Odam va jonivorlarning oʻz muskullarini ishlatib, jismoniy harakat qilish qobiliyati; jismoniy energiya; quvvat.
- Mehnat qilish, yaratish, yuzaga keltirish qobiliyati, ish-mehnat.
- Maʼnaviy, aqliy va ruhiy quvvat.
- Jismlarning oʻzaro mexanik taʼsir etish qobiliyati va uning oʻlchovi.
- Quvvat, energiya.
- Taʼsir qilish darajasi; taʼsir.
- Toʻyimlilik, quvvat berish belgi-xususiyati, koʻrsatkichi.
- Biror ishni amalga oshira bilish imkoni, imkoniyati; hol-qudrat, qurb.
- Biror sohada va umuman ishlab chiqarishda ishlovchi kishilar.
- Biror ishni amalga oshirishga qaratilgan, biror maqsad uchun foydalaniladigan shaxs yoki narsalar.
- (asosan shaklida) Harbiy qoʻshilmalar; qoʻshin.
- (asosan shaklida) Jamiyatning biror belgi-xususiyati, dunyoqarashi bilan farqlanuvchi qismi.
- Qaror, qonun va shu kabilarning qoʻllanishi, amali, joriyligi.
Misollar
- Jismoniy kuch.
- Muskul kuchi.
- Esing borida el tani, kuching borida yer tani. — Maqol
- Bola kuchi yetsa, chelak sudrab, yetmasa, koʻra koʻtarib, sahnga suv separ.. edi. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargona tong otguncha
- Kimning bilagida kuchi boʻlsa, kim ishning havosini olsa.. oʻsha ilgʻor boʻlaveradi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlariKuchdan qolmoq - kuch-madori ketib zaiflashmoq.
- Bir parcha kuygan qora non uchun Yoshlik chogʻingdan oʻz kuching sotib. — Hamza
- [Boylar].. koʻklamgacha yuvindi bilan boqadi, olti oy yoz tekinga ishlatadi. Odamning kuchi eshak kuchidin past bahoga tushadi ularga! — Oybek — Tanlangan asarlar
- Aqliy kuch.
- Haydar ota kampirning iroda kuchiga ishonmas, shuning uchun hozir Asrorqulning unga roʻpara boʻlishini istamas edi. — Abdulla Qahhor — Asror bobo
- Uni toʻxtatib qolishga hech qanday andishaning, hech qanday sevgi va hurmatning kuchi yetmas edi. — Saida Zunnunova — Koʻk chiroqlar
- Markazdan qochma kuch.
- Kuch birligi.
- Tortish kuchi yoki, boshqacha aytganda, gravitatsiyaning nima ekani hozircha biron olimga oshkor emas. — "Fan va turmush"
- Elektrostansiyaning kuchi.
- Dorining kuchi.
- Bu kungi qora sovuq quyosh kuchini-da kesgan edi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Ochlik oʻz kuchini koʻrsatib, uni holdan toydirgan edi. — Said Ahmad — Ufq
- Bulahzada aroq Valijonga oʻz kuchini koʻrsatib qoʻygan edi. — "Guldasta"
- Yerning kuchi.
- Taomning kuchi.
- Uning avtomashina sotib olishga ham kuchi yetadi.
- Hambarali akani sotib olgani kuchingiz yetmasa kerak. Miltiq bilan boʻlmadi, endi pul bilan raxna solmoqchimisizlar? — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Xotin-qizlar - korxonada katta kuch.
- Bugun O‘zbekistonda birinchi marta qurilayotgan metall zavodiga FZOni bitirgan yosh kuchlar keldi. — N. Safarov — Saodatning qissasi
- Koʻchib kelgan zavodlarga qizlarni yubordik: kuchimiz ozayib qoldi, vazifamiz katta, yukimiz ogʻir. — Ibrohim Rahim — Chin muhabbat
- Dushman desantchilarni dengizga uloqtirib tashlash uchun qoʻshimcha kuch keltirardi. — T. Rustamov — Mangu jasorat
- Xuroson taxti uchun isyon koʻtargan Mirzo Yodgor ham shu atrofda kuch toʻplagan edi. — Oybek — Navoiy
- [Biz] Kelishmovchiliklarni chetdan kuch jalb qilmasdan, oʻz kuchimiz bilan, oʻzaro keng muhokama qilish yoʻli bilan bevosita bartaraf qiladigan boʻlib qoldik. — Abdulla Qahhor — Nutq
- Qurolli kuchlar. m
- Tank va motodiviziyalardan yigirma ikkitasi katta havo kuchlarining yordami bilan Kalinin, Oryol, Tulaga qarab bormoqda. — Ibrohim Rahim — Chin muhabbat
- Reaksion kuchlar.
- Sinfiy kuchlar munosabati.
- Qora kuchlar.
- Qonun kuchga kirdi.
- Hukm kuchda qoldi.
- Qaror kuchini yoʻqotdi.Yomonning kuchi yapaloqqa yetar - yapaloq.Ot kuchi - dvigatel quvvatining oʻlchov birligi.Ogʻziga kuchi yetmagan - tilini tiyolmay, birovlar haqida gʻiybat, nomaqbul gaplar qiladigan.
- Bilgan u dedi, bilmagan bu. Hatto ogʻziga kuchi yetmagan baʼzi birovlar, yuziga boʻlmasa-da, orqavoratdan "notavon koʻngilga qoʻtir jomashov", deb luqma tashlashardi. — S. Siyoyev — Rayhon
- Qoʻying, xafa boʻlmang, xola, bunga yoʻrgakda tekkan kasal bu.. Ogʻziga kuchi yetmagan kishi har narsani gapiraveradi. — Nazir Safarov — Tanlangan asarlar
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0