Izohli lug‘at
kuchala
кучала
Ma’nolari
- Guli sariq, koʻk, safsar oʻtsimon oʻsimlik hamda uning tibbiyotda ishlatiladigan zaharli, tugmasimon mevasi.
- Terak, tol kabi daraxtlarning toʻp-guli. Ular [daraxtlar] ham boʻrtib, kuchala chiqara boshlashibdi. T. Toʻla, Toshkent uylari.
- Kuchala yegan joyingga borib tirish Qiligʻingni ichgan (kayf qilgan) joyingga borib qil.
Misollar
- ..baqqoldan yashirincha oldirilgan kuchala kichkinagina dekchada ertadan kechgacha qaynaydi; ertalab uning suvi bir choynakka solinib, Zebixonning uyiga olib kirilishi moʻljallandi. — Choʻlpon — Kecha va kunduz.
- "Agar ichkilik ichgan boʻlsang, kuchala yegan joyingga borib tirish", demoqchi boʻldi-yu, aytmadi. — R. Fayziy — Hazrati inson.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0