Izohli lug‘at
kuchli
кучли
Ma’nolari
- Jismoniy qobiliyati, kuch-quvvati nisbatan ortiq; baquvvat.
- Sogʻlom va yaxshi rivojlangan.
- fiz., tex. Katta quvvatga ega boʻlgan; quvvatli.
- Iqtisodiy, moddiy va boshqa jihat-dan baquvvat; imkoniyati zoʻr, qudratli.
- Taʼsir darajasi yuqori, tez taʼsir qiladigan.
- Zuhur etish, yuz berish darajasi yuqori: qatgiq; shiddatli.
- Oʻz ish-xunarini yaxshi biluvchi, qobi-liyati zoʻr; talantli.
- Tarkibida oʻgʻit moddalari koʻp, unumdor; semiz.
- Oʻsish, rivojlanishni tezlashtiradi-gan; koʻp kuch-quvvat bagʻishlaydigan; toʻyim-li, toʻq tutadigan.
- Umuman, darajasi yuqori, yuqori darajali.
Misollar
- Kuchli yigit. m
- Mutal kuchli edi, ammo Otabek undanham kuchli edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Sen mana shu oltinni ol.. bir kushik nari qishloqdan ikki ot ol, kuchli, chopqir zotlardan boʻlsin. — Hamza — Maysaraning ishi.
- Gʻilay odam shamni tokchaga qoʻyib, kuchli qoʻllari bilan Ahmad Chalabiyning yoqasidan tutdi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Yuragi kuchli. n
- Uning [Gulnorning] xayolida yolgʻiz Yoʻlchigina uchadi, fikran u bilan soʻzlasha-di, goʻyo yigit.. kuchli, keng koʻkragiga uning boshini olib erkalaydi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Kuchli dastgoh. Kuchli mashina, shya Hammasi laboratoriyada kuchli magnit maydon xossalarini oʻrganish uchun yasalayotgan.. gʻaltak yaqinida turganda roʻy berdi. — O. Moʻminov — Xiyobondagi uch uchrashuv.
- Guvul-lar kuchli motor, Aylanar mashinalar. — Yu. Hamdam.
- Kuchli davlat. Kuchli armiya. Kuchli raqib. n
- Abusaid mirzoning kuchli qoʻshini hozirgi paytda Buxoroga kirib kelishi muqarrar edi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Kuchli dori. Kuchli zarb. yat Kuchli dalil boʻlmasdan, ular bilan olishib boʻlmaydi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Alif va boʻyoqning kuchli hididan boʻlsa kerak, bur-nini jiyirib olgan. — "Mushtum".
- Qoradori ancha kuchli narkotik modda boʻlib, u orga-nizmga zararli taʼsir oʻtkazadi. — Gazetadan.
- Kuchli shamol. Kuchli faryod. Kuchli portlash. Kuchli xoʻrsinish. Kuchli toʻlqin. n
- Muzloq togʻ bino boʻlib bunday kuchli guldurosni eshitmagan edi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Ergashev pulemyo-tidan shunchalik kuchli oʻt ochdiki, hatto pulemyot kojuxidagi suv samovardagidek va-raqlab qaynar edi. — N. Safarov — Qaxramon-ning tugʻilishi.
- Kuchli oʻquvchi. Kuchli shaxmatchi. Kuchli olim. Kuchli yozuvchi. n
- -Xivada kuchli tabiblardan shu kishi qoldi.. — deya Ibrohim ota Oʻtar buvani maqtab ketdi. J. Sharipov, Xorazm.
- Bu yerga mam-lakatimizning turli burchaklaridan eng kuchli changʻichilarning tashrif buyurishi quvon-chimizga quvonch qoʻshdi. — Gazetadan.
- Senham paxta berasan.. ammo yering kuchli, yangi yer. Azot kerak emas. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Kuchli yem. Kuchsh ovqat. Kuchli oʻgʻit.
- Kuchli hissiyot. Kuchli sogʻinch. Kuchli hayajon. Kuchli qiziqish. Kuchli harakat. Piring kuchli boʻlguncha, biliming kuchli boʻlsin. — Maqol. n
- Erim qimorboz boʻlsayam, oriyati kuchli edi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Bu xushhol va ochiqkoʻngil ayolda koʻzga yaqqol tashlanmaydigan kuchli iroda va mus-taqillik yashirin edi. — F. Musajonov — Him-mat. Sanjar Siddiqovning talanti, oʻtkir badiiy tafakkuri.. uning ijodiy izlanish-larida katta kengliklar ochib berdi. X. Yod-gorov, Hayot toʻlqinlari.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0