Izohli lug‘at
kulol
кулол
Ma’nolari
- Loydan turli sopol idishlar, buyumlar tayyorlaydigan hunarmand.
Misollar
- Boʻzchi belboqqa yolchimas, kulol — moʻndiga. — Maqol.
- Baʼzan tandir vazifasini kulollar ishlagan eski xumlar ham oʻtashi mumkin. — K. Mahmudov — Oʻzbek tansiq taomlari.
- Olmacha, anoringga balli, sada rayhoningga balli, Tangrim, mani shoʻr loydan yasagan kulolingga balli. — "Qoʻshiqlar".
Kelib chiqishi
fors. - koʻzagar, koʻza va b. sopol buyumlar yasovchi
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0