Izohli lug‘at
kunda
кунда
Ma’nolari
- Kesilgan yoki singan daraxtning ildiz tomonida qolgan ostki qismi; toʻnka.
- Ustida biror narsani chopish, qir-qish va sh. k. uchun qilingan maxsus gʻoʻla.
- maxe. Moyjuvozning oʻgʻirsimon tayanch yogʻochi, ichi oʻyilgan yoʻgʻon gʻoʻla.
- Tokning tupi, zangi.
- Bandilarning oyogʻiga uriladigan (solinadigan) maxsus yogʻoch asbob, taxta kishan.
Misollar
- Kunda kovlamoq. shsh Ismathoji qora movut chakmonining bir ba-rini qayirib, yaqindagina kesilgan bir te-rak kundasiga kelib oʻtirdi. — Oydin — Yamoq-chi koʻchdi.
- U avval katta kundalarning te-varagini ketmon bilan chopishga boshladi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Ku-dungchining kundasi. Kundaga qoʻyib chopmoq. Bolta tushguncha, kunda dam oladi. — Maqol. ■■
- Qassoblik qilmoqchi boʻlgan odam avvalo bir qoʻlini kundaga qoʻyadi-yu, bolta bilan chopadi. Agar chopilmasa, qassoblik qiladi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Uning koʻzi ayvon us-tuniga suyab qoʻyilgan kunda va oshpichoqqa tushdi. — S. Nurov — Narvoy.
- Tangadek soya tushmaydigan daraxtsiz tashqari hovli.. oʻrtasida juvoz kundaga oʻxshash qoziq. — Sh. Rizo — Qor yogʻdi, izlar bosildi.
- [Zigʻir moyi].. bozorda sariq moydan ikki barobar qimmat-a!.. Kundadan chiqar-chiqmas, toʻylar-ga olib ketisharkan. — S. Nurov — Narvoy.
- Chorvoqcha katta boʻlmasa ham, ikki tup olcha.. ikki kunda uzu mi, bir-ikki tup qizil gul bor ekan. — A. Qahhor — Oʻtmishdan ertaklar.
- Xomtok vaqtida kundadan oʻsib chiqqan novdalardan 2—3 ta eng yaxshisini qoldirib, boshqalari-ni tokqaychi bilan tagidan olib tashlash kerak. — Gazetadan.
- Xatirchilik bandining "bizni ozod qiladilar" degan soʻziga haligacha ishonmay turgan bandilar ham, kishan va kundalari-ning ochila boshlaganini koʻrib quvonmoqda edilar. — S. Ayniy — Qullar.
- Borsa, enasi oyogʻida kunda, boʻynida gʻ)>l, oʻlib yotibdi. — "Murodxon".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0