Izohli lug‘at
kurashmoq
курашмоқ
Ma’nolari
- Bir-birini yiqitish, gʻolib chiqish uchun maʼlum qoida boʻyicha olishmoq, oʻzaro bellashmoq, kurash (ga) tushmoq.
- Sportning biror turi boʻyicha bellash-moq, musobaqalashmoq.
- Biror narsaga erishish, biror maq-sadni roʻyobga chiqarish uchun harakat qil-moq, faoliyat koʻrsatmoq.
- Biror kimsa yoki narsaga faol qar-shilik koʻrsatmoq, uni yengish yoki yoʻq qilish uchun chora koʻrmoq, harakat qilmoq, tirishmoq, olishmoq.
- Jang qilmoq.
Misollar
- Ular bir-birlarining belbogʻlaridan mahkam ushlab, uzoq kurashdilar. yash Kurash-may, quvvatim qaydan bilasan, Ogʻzing bilan shuncha polvon boʻlasan. — "Tohir va Zuhra".
- Futbol komandala-ri oʻzaro astoydil kurashmoqda. Ertaga eng zoʻr shaxmatchilar kurashadilar. shsh Suron zoʻraydi, [tortishuvchilar] yana turib, han-sirab, tortishuvni davom ettiradilar. Kuch sinashda har ikki tomon astoydil kurashdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Ochilgan qoʻriqlar yana ham koʻrkam va muhtasham boʻlishi uchun kurashaylik. — "Oʻzbekiston qoʻriqlari".
- Fab-rikamizda ilgʻorlar juda koʻp, ular ham mah-sulot koʻlami uchun, ham sifati uchun kurashadilar. — Gazetadan.
- Jabr-zulmga qarshi, huquqsizlikka qarshi kurashmoq kerak. — Oybek — Hyp qidirib.
- Boʻron vaqtida ham, boʻron toʻxtaganda ham bitmas-tuganmas gʻayrat va jasorat namunalarini koʻrsatib, tabi-at ofatiga qarshi kurashdilar. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Jinoyatlarga qarshi kurashish va ularni keltirib chiqaruvchi sa-bablarni tugatish eng dolzarb masalalar-dan hisoblanadi. — Gazetadan.
- Toʻpchilarimiz sarosima-ga tushmay, oʻz pozitsiyalarida mahkam turib, qahramonlarcha kurashdilar. — Gazetadan.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0