Izohli lug‘at
lab-dahan
лаб-даҳан
Ma’nolari
- Lab va ogʻiz.
- Til, gapirish qobiliyati; kim-saga gapirib, biror ishni bitirish, oʻz gapini maʼqul qilish qobiliyati; soʻza-mollik.
Misollar
- Mavlaviy Yoʻldosh kulgidan lab-dahanini yigʻishti-rolmay qoldi. — S. Abdulla — Mavlono Muqi-miy. Lab-dahani soʻljayib ketgan mulozim: -Shoshmay tur, bu gapingni boʻrttirib, oliy hazratlariga yetkazmasam..— deb ont ichib chiqibketdi. M. Osim, Ibn Sino qis-sasi.
- Gapirsang-chi, lab-dahaning bor-mi?! — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari. Oʻgʻil bolaning chechanroq boʻlgani durust-da. Lab-dahani boʻlmasa, nonini ovlab topib yeyi-shiham qiyin. H. Nazir, Mayoqsari. Vodil-da ham biron qiz bilan muhabbat toʻgʻri-sida gaplashmaganman. Lab-dahan yoʻqligi-ni bilasan-u, ogʻayni. R. Fayziy, Choʻlga ba-hor keldi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0