Izohli lug‘at
lafz
лафз
Ma’nolari
- Soʻz, kalima; til.
- Lafzi tez Ogʻziga kelgan soʻzni qaytar-maydigan, salga jaxli chiqib gapirib yubo-raveradigan.
- Berilgan vaʼda, axd, soʻz.
- Lafzi yoʻq Soʻzida, axdida turmaydigan, vaʼdasini bajarmaydigan. Lafzi halol Chin soʻzli, azdida turadigan, vaʼdasining usti-dan chiqadigan.
Misollar
- Birdan erining shoshilmay, ochiq chehra, shirin lafz bilan kirib kelgani Oysha xolaga nashʼa qilib ketdi. — Sh. Toshmatov — Erk qushi.
- Bularning lafziga quloq solib turgan Lolaxon oʻzini tutolmay otiladi. — U. Ismoilov — Saylanma.
- Kumushingizning feʼli-avtori oʻzimga maʼlum: erka oʻsgan, lafzi tez. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Hozir Nodirning yuragida nomus oʻti, yigitlik lafzi, oriyatidan koʻra xudbinlik, oʻjarlik ustun turardi. — Sh. Gʻulomov — Yorqin ufkdar.
- Paxtakorning odaticha shunday: soʻz berdingmi, lafzingda tur! — P. Shermuhamedov — Piskentlik pahlavon.
- Lafzi halol, quroldosh doʻstlar Oʻrinlaydi ahdu paymonni. — Yo. Mirzo. Lafzini yutmoq yoki lafzidan qaytmoq Ahdi-dan qaytmoq, aytgan gapi, bergan vaʼdasi-dan tonmoq.
Kelib chiqishi
a. 1ch o 1 — talaffuz; soʻz, ibora
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0