Izohli lug‘at
lanj
ланж
Ma’nolari
- Tobi aynigan, boʻshashgan; lo-has.
- Ortiq dam yeb, tobidan oʻtgan yoki suvi koʻpligidan uzoq qaynab boʻshashgan; dami oʻtgan, boʻsh.
- Aniq va qatʼiy fikr bildira olmaydigan; fikridan qaytib, aynib turadigan; mijgʻov.
- Na u yoqli emas, na bu yoqli emas; noaniq, mujmal.
Misollar
- Lanj boʻlmoq. Lanj qilmoq (etmoq).
- Oʻzimni lanj sezdim. n
- Mingboshining mayi meni ancha lanj qildi. — S. Abdulla — Mavlono Muqimiy.
- Tumov, gripp bilan ogʻriganda, umu-man, kishi oʻzini lanj sezsa, odatan, qoqirim isteʼmol etiladi. — Gazetadan.
- Qayoqda qoldinglar? Osh lanj boʻlib ketdi-ku. — S. Ahmad — Hukm.
- U oʻzi lanj odam edi. shsh Brigadirning oʻzi hamon lanj-u, brigada aʼzolari vijdon azobida. — N. Safarov — Mardlar maydonda. [
- Mulladoʻst:] Tayyor oshga bakovul boʻlmay oʻl! Pok boʻlmasa, bu-zib qoʻyuvding-ku, lanj. — Hamza — Maysara-ning ishi.
- Lanj javob. Lanj havo. mm -Oʻqishlarini tamomlashaversin-chi, bir gap boʻlar, — deb lanjroq javob qaytargan edi Toʻlamat. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Hasanov ‘oʻzingiz bilasiz ”, degandek lanjroq gap qil-di. — I. Rahim — Ixlos.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0