Izohli lug‘at
lashkar
лашкар
Ma’nolari
- Davlatning qurolli kuchlari majmui yoki uning bir qismi; qoʻshin, armiya.
- Lashkar tortmoq Qoʻshin bilan hujumga bormoq.
- Xalq lashkari Xalqdan koʻngilli suratda tuzilgan yordamchi qoʻshin.
Misollar
- Butun lashkar va sipohilar isyon tugʻini koʻtarib, huzuringizga keldi. — M. Osim — Ibn Sino qissasi.
- U Ahmadnagar ustiga lashkar tortib boradi.. — S. Karomatov — Oltin qum.
- Morozov rotasi xalq lashkarlari kovlab qoʻygan okoplarga ikki "vzvod"ni joylab, qolgan vzvod bilan tankka qarshi mudofaa choralarini koʻra boshladi. — I. Rahim — Chin muhabbat.
Kelib chiqishi
fors. – qoʻshin, armiya
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0