Izohli lug‘at
lojuvard
ложувард
Ma’nolari
- Forschadan — qimmatbaho koʻk tosh; moviy, zangori.
- . Toʻq koʻk, yashilga moyil havorang tusli mayda donador, shishasimon yaltiroq mineral (qimmatbaho bezak tosh sifatida ishlatiladi va moviy rang badiiy boʻyoq olinadi).
- . Tiniq koʻk, tiniq koʻk tusli.
Misollar
- Toza lojuvard ustiga oltindan boʻrtma naqshlar.. solingan. — Oybek — Navoiy
- Lojuvard koʻkda sayrashib uchayotgan quizlar daraxtlarga qoʻnib, saxiy quyoshga madhiya aytayotgan-dek, basma-basga chugʻurlashadilar. — N. Safarov — Uzoqni koʻzlagan qiz
- Yulduzlar lojuvard chodirdan osilgan elektr chiroqlariday yorugʻlashib, koʻzlarni qamashtirmoqda edi. — S. Ayniy — Qullar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0