Izohli lug‘at
lopillamoq
лопилламоқ
Ma’nolari
- . Yon-veriga chayqalmoq; baland-pastga chayqalmoq; lapanglamoq.
- . Lop-lop qilmoq (alanga haqida).
- . Lof qilmoq, vahima qilmoq.
Misollar
- Koʻchadan birov lopillab oʻtib ketdi. Koʻprik lopillab turibdi. Oyshabonu yuzini roʻmol bilan yopib, lopillab kirib keldi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Xona goʻyo qayiqday dam u yoqqa, dam bu yoqqa qiyshayib, lopillaganday boʻlardi. — Mirmuhsin.
- Yerga tushgan chiroq bir-ikki lopilladi-yu, avval koʻk, keyin qizgʻish alanga koʻtarildi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Lopillama! — uni bosib qoʻydi Sherali. — S. Karomatov — Oltin qum.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0