Izohli lug‘at
loyiq
лойиқ
Ma’nolari
- Toʻgʻri keladigan, moye tushadigan; ar-ziydigan; muvofiq, munosib; sazovor.
- Loyiq koʻrmoq Munosib deb bilmoq, hisoblamoq.
- Oʻlchamiga toʻgʻri keladigan.
- m
- Yetarli miqdorda, darajada.
Misollar
- Maq-tovga loyiq ish. Uhurmatga loyiq odam. Sizga loyiq bir ish topdim. m
- Otabek xon qiziga loyiq bir yigit ekan. — A. Qodiriy — Utgan kunlar.
- Tetik, ziyrak, ulugʻ, dono xaloyiq Baho bergay bilib har kimga loyiq. — Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy. Yaxshini ham koʻrdi, yomonni ham. Ichidan oʻziga loyigʻini tanlab oldi. J. Abdullaxonov, Xonadon.
- ..lekin dushman Vatanimiz tup-rogʻidan haydab chiqarilmaguncha, frontdan ketishni oʻzimga loyiq koʻrmadim. — O. Yoqubov — Izlayman.
- Bu etik oyogʻingizga loyiq ekan. Boʻyi boʻyimga loyiq.
- -Oʻhoʻ! — dedi Turdiyev deraza koʻzlarini koʻrib. — Bularga loyiq oynani qayerdan to-paman. — I. Rahim — Tinimsiz shahar.
- Anvarga jabr boʻladi, deb oʻshshsang, bundan keyinoʻziga loyiq, oz-oz non yopib tur. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Boy oʻzi mehnat qilishni xohla-masa, kuchiga loyiq yer, ishlab chiqarish vosi-talari qoldiriladigan boʻldi. — N. Safarov — Olovli izlar.
Kelib chiqishi
\a. jjV — tegishli, moye, muno-sib
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0