Izohli lug‘at
lozim
лозим
Ma’nolari
- [a. — kerakli, zaruriy
- (narsa)] 1 Kerak, zarur.
- Lozim topmoq (yoki koʻrmoq). Lozim, zarur deb bilmoq, hisoblamoq.
- Harakat nomi shaklidagi feʼlga bi-rikib, shu feʼldan anglashilgan harakat-ning bajarilishi talab etilishini, kerak-ligini bildiradi.
Misollar
- Unga [Unsin-ga] dardlarini oʻrtoqlashuvchi sirdosh — qay-gʻudosh lozim edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Xoʻjaligimizda odam serob, lozim boʻlsa, yangi xoʻjalikka opianamiz. — "Oʻzbekiston qoʻriq-lari".
- Narzi sevgan qizining nomini uning nomi bilan bir qatori qoʻyishning lozimi qolmadi. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Tabib ham Meʼmorning ogʻir musibat bilan Buxoroga ke-tayotganini maʼlum qilishni lozim topma-di. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Osongini qoʻlga ki-ritilgan oʻljadan havolangan dushmanlar oʻq otishni lozim koʻrmadi. — Gazetadan.
- Aytish lozim. Kechirish lozim. m
- Boʻgʻoz quyonlarni homiladorlik dav-rida oʻz vaqtida sifatli ozuqa va toza suv berib parvarish qilish lozim. — "Fan va tur-mush".
- [Tarjimon] Badiiy asar yoki hujjat-ni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qil-moqchi boʻlsa, u avvalo oʻsha originalning tom maʼnosini chuqur bilmogʻi lozim. — X. Yodgorov — Hayot toʻlqinlari.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0