Izohli lug‘at
mahliyo
маҳлиё
Ma’nolari
- Hayrat yoki zavqdan es-hushi ogʻib, angrayib qolgan.
- Mahliyo boʻlmoq 1) mahliyo holatda boʻlmoq.
Misollar
- Hatto tumsayib oʻtirgan Asrora ham beixtiyor chapak chalar, oʻrtogʻining husnu latofatiga mahliyo edi. — S. Ahmad — Ufq.
- Umid gapidan adashib, qizga mahliyo boʻlib qoldi. — Mirmuhsin — Umid. 2) butunlay berilmoq.
- Bu manzaraga mahliyo boʻlgan Qoʻziboy, kamariga qistiriqlik kitobni olib, oldiga qoʻydi. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmoqlar.
- Rayhondek boylikka mahliyo boʻlma, Aslo pok sevgingni bekor xor qilma! — "Mushtum".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0