Izohli lug‘at
makon
макон
Ma’nolari
- fls. Vaqtning muayyan lahzasida olamni tashkil etgan nuqtalarning oʻzaro joylashish tartibini aks ettiruvchi, ma-teriyaning masofa va hajm bilan belgila-nadigan asosiy obyektiv yashash shakllari-dan biri.
- Turarjoy, yashash joyi; maskan, vatan.
- Biror narsa toʻplangan yoki koʻp boʻlgan joy; kon.
- Makon qilmoq (yoki etmoq, topmoq, tut-moq) Oʻziga joy, makon qilib olmoq.
Misollar
- Birga-birga makonima boraylik, Sendayin miskinning koʻnglin olaylik. — "Shirin bilan Shakar".
- Umrim bino boʻldi Ozarbayjonda, Kechdi bolaligim u gul makonda. — M. Shayxzoda.
- Ular [uch ogʻayni botirlar] tushgan toʻqayning narigi tomonida bir sherning makoni bor edi. — "Ertaklar".
- Otaginangning chaylasiga yur. Sen ketgandan beri makonim shu yer. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Kampirning mish-mishlariga koʻra, ajina va alvastilar makoni boʻlgan bu ovloq joy obod bir sayilgoh boʻlib qoldi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Bagʻring keng, yering oltin, orombaxsh, goʻzal, obod, Bagʻringni, orzuyim bor, kuylarga makon etsam. — T. Tula.
- Sen bechora, notavon kimsa — makon qilding gul-lar yurtini. — Sh. Rahmon.
- Turmush ostonasin hapshb oʻtdilar, Sevgi qoʻrgʻonida makon et-dilar. — M. Alaviya.
- Makon tutsam endi qayerda, Qayon boshlar esa shbolim. — E. Vohidov.
Kelib chiqishi
a. مَكَان – joy, hudud; daraja; martaba
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0