Izohli lug‘at
manfaat
манфаат
Ma’nolari
- Moddiy, maʼnaviy, jismoniy va b. jihatdan (koʻriladigan) foyda, naf.
Misollar
- Manfaat topmoq. Manfaat koʻrmoq. Bu ishdan hech manfaat koʻrmadim. Doridan yaxshi manfaat topdim.
- [Dadavoy:] Xalq yoʻlida jonni ayamaslik darkor. Oʻz manfaatimizdan manfaatini yuqori qoʻyaylik. — Uygʻun — Navbahor.
Kelib chiqishi
a. مَنْفَعَة — foyda, daromad
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0