Izohli lug‘at
mashaqqat
машаққат
Ma’nolari
- Qattiq qiyinchilik, ogʻirchilik, zahmat.
Misollar
- Mashaqqatlarni yengmoq. Mashaqqat tortmoq. Mashaqqat chekmoq. Mashaqqat koʻrmoq. Mashaqqatga solmoq.
- Tikansiz gul boʻlmas, mashaqqatsiz — hunar. — Maqol.
- Yetti yasharligidan beri boshidan oʻtgan falokatlar, mashaqqatlar uni [Nekqadamni] qaritgan edi. — S. Ayniy — Qullar.
- Kunlar, tunlar choʻlda qattiq mashaqqat va qoʻnimsizlik bilan kechar edi. — Oybek — O.v. shabadalar.
Kelib chiqishi
arab. – qiyinchilik, ogʻirlik
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0