Izohli lug‘at
maslak
маслак
Ma’nolari
- Oʻziga xos aqidalari bilan boshqalardan ajralib turuvchi ijtimoiy, siyosiy, ilmiy yoki diniy yoʻl, oqim.
- Gʻoya; maqsad.
Misollar
- ...qarashlar va maslaklarning sarqitlari ayrim kishilarning ongida bir-biriga toʻqnash kelib, bir-biri bilan toʻqnashmoqda. — Gazetadan.
- Men ishlayotgan Oʻzbekiston injenertexnik izlanishlar davlat institutida turli millat vakillari mehnat qilishadi. Ular bir maslak, bir gʻoya yoʻlida izlanishlar olib borishadi. — Gazetadan.
Kelib chiqishi
arabcha - yoʻl, yoʻnalish; harakat tarzi; eʼtiqod
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0