ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

matritsa

матрица

Ma’nolari

  1. Metallurgiyada: metallarga bosim bilan ishlov berishda tayyorlanadigan buyum xomashyosi, chala tayyor nusxasini (choʻzib, yoyib, presslab va h. k.) kerakli shaklga kel-tirish uchun ishlatiladigan qolip (shtamp)-larning ish qismi.
  2. poligr. Harf, raqam yoki belgining chuqur toʻgʻri tasviri tushirilgan, yaʼni li-teralar (harf yoki belgining boʻrtma tasviri), harf yoki satrni quyish uchun qolip boʻlib xizmat qiladigan metall plastinka yoki taxtacha.
  3. poligr. Matn va rasmlarning botiq tasviri tushirilgan, stereotiplar (yuqori bosma shakllari)ni tayyorlash, asarlarni qayta nashr etish, koʻp nusxali nashrlarni turli joylarda bosishda ishlatiladigan plastmassa varaq, taxta.
  4. mat. Turli sonlar va matematik ifo-dalar joylashtirilgan satrlar va ustunlar-dan iborat toʻgʻri burchakli jadval.

Misollar

Kelib chiqishi

nem. Matrize < lot. matrix, matricis — bachadon; ona; manba, roʻyxat

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish