Izohli lug‘at
maydalamoq
майдаламоқ
Ma’nolari
- Kichik-kichik boʻlak-larga boʻlmoq, mayda qilmoq, ushatmoq.
- Yirik pulni mayda pulga alishtir-moq, ushatmoq.
- Ichimlikyoki ichkilikni oz-ozdan quymoq, oz-ozdan quyib ichmoq.
- Mayda-mayda yogʻmoq.
Misollar
- Oʻtin maydalamokQand maydalamoq. n
- Sherbek boshini koʻtarmay, stol ustidagi gazeta che-tini yirtib, maydalab oʻtirardi. — S Anorboyev — Oqsoy.
- Yuz soʻmni maydalamok.
- Er-xotin choyni maydalab, shu bir-ikki yil ichida boʻlib oʻtgan voqealarni gaplashib oʻtirishdi. — S. Ahmad — Ufq.
- Yomtr maydalab, ezib yogʻyapti. — I. Rahim — Ixlos.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0