Izohli lug‘at
maydon
майдон
Ma’nolari
- [f. - ochiq joy, sayhonlik, dala]
- Hovli-joyga yaqin ochiq yer, sayhon yoki bogʻcha; tomorqa.
- Umuman, ochiq yer, sayhon yoki ekinzor.
- Biror ish-harakat, tadbir uchun moʻl-jallangan yoki shunday ish-harakat yuz be-radigan, bajariladigan joy.
- Jabqa, soha, doyra.
- Biror fizik hodisa roʻy beradi-gan yoki uning taʼsiri seziladigan fazo.
- Maydonga kelmoq Yuzaga kelmoq, paydo boʻlmoq, tugʻilmoq. Maydonga tashlamoq (yoki otmoq) Shior, fikr, mulohaza va shu kabilarni oʻrtaga tashlamoq. Maydonga chiqmoq 1) ayn. maydonga kelmoq; 2) yuzaga chiqmoq, amalga oshmoq; 3) bosilib chiqmoq, nashr etilmoq (maqola, kitob va shu kabilar haqida). Oʻzi xon koʻlankasi maydon q. xon. Qiz maydon erkl. Mahmadona va shoʻx qiz haqida.
Misollar
- Maydon ikki tanob kenglikda boʻlib, janubi kutidor va koʻshnisining imoratlari orkasidan va boshqa uch jihati ham shunga oʻxshash binolardan iborat edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Paxta maydoni. Ekin maydoni. yash Ilgʻor xoʻjaliklarning chigit ekilgan maydonlari yashil libosga burkandi. — Gazetadan.
- Sport maydoni. Mashk maydoni. Kurash maydoni. Jang maydoni. Mard maydonda bilinar. — Maqol. n Amir yengildi, askarlari buzilib, urush may-donidan qochdilar. S. Ayniy, Qullar.
- Ayniq-sa, uloq boʻlayotgan maydonda tumonat odam. — K. Yashin — Hamza.
- Ish maydoni. Mafkura maydoni. n
- Men qirq yildan buyon adabiyot maydonida qalam tebratib kelyapman. — Oybek — Xalqqa xizmat — baxt.
- Elektr maydoni. Magnit maydoni.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0