Izohli lug‘at
mayl
майл
Ma’nolari
- Kishining narsa yoki ishga, biror ehtiyojini qondirishga boʻlgan ishtiyoqi, qiziqishi, intilishi, havasi; moyillik.
- Istak, xohish, ragʻbat.
- Erk, ixtiyor.
- Harakatning voqelikka boʻlgan munosabatini soʻzlovchi nuqtai nazaridan belgilaydigan grammatik kategoriya.
Misollar
- Uning musiqaga mayli zoʻr.
- Mahfuzada chevarlikka boʻlgan mayl ustun chiqdi.. — T. Avvalov — Shogird mehri.
- Yetim bolalarni oʻqitishga uning mayli boʻlmasa ham, bormay iloji yoʻq ekan. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Oʻz mayliga qoʻymoq.
- Har kimning mayli oʻzida, — dedi Sharofat va labini burib, chetga qaradi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Shart mayli. Buyruq mayli. Fel mayllari.
Kelib chiqishi
[ arab. – qiyalik; moyillik; intilish ]
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0