Izohli lug‘at
mazmun
мазмун
Ma’nolari
- Aql, fikrlash bilan tushuniladigan, mantiqiy mundarija; boshqa belgi bilan ifodalangan ichki mundarija.
- Ish-harakat, voqea-hodisa va shu kabilarni belgilovchi asos, mohiyat.
- fls. Biror hodisaning mohiyatini bel-gilovchi, narsalarni aynan shu narsa si-fatida ifodalovchi muhim element va oʻzga-rishlarning yigʻindisi, asosi.
Misollar
- Kitobning mazmuni. Xatning mazmuni. n
- Qayin otang menga bir xat yozibdir, oʻqib-oʻqib, mazmuniga tushunolmay hayron boʻlaman. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Boshqa barcha tinch-liksevar xalqlar singari, tinchlik va ijo-diy mehnat xitoyliklarning ham hayot mazmuni, ijod manbaidir. — T. Joʻrayev — Ulugʻ Xi-toyda.
- ..kishilarimiz qilayotgan ishlar va koʻzlayotgan rejalar matbuotimizning asosiy mazmunini tashkil etadi. — Gazetadan.
- Bu ishlarni shunchaki davom ettiribgina qol-may, uni yangi mazmun bilan boyitamiz.. — "Uzbekistan qoʻriqlari".
- Shakl va mazmun birligi.
Kelib chiqishi
a. j— mundarija; maʼ-no
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0