Izohli lug‘at
mehrob
меҳроб
Ma’nolari
- Masjid ichida uning qibla tomonidagi devorida taxmon shaklida qurilgan joy (namoz shu tomonga qarab oʻqiladi).
- ayn. taxmon.
- Biror narsa, joyning toʻri, toʻr tomoni.
Misollar
- Hujraning ichi qorongʻi boʻlmasa ham, qoidaga binoan, gʻarb tomonidagi mehrobga sham yoqib qoʻyilgan edi. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Umehrobga yetibkelgach.. yarim qorongʻi xonada.. tasbeh oʻgirib oʻtirgan uch-toʻrt kishiga koʻzi tushdi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Koʻrpani mehrobga yigʻib qoʻymoq.
- Vatan — sen yuragim, yuragim sensan. Yuragim mehrobi — muqaddas Vatan. — G. Joʻrayeva.
- Otashin barq yondi gulrang charxning mehrobida. — E. Vohidov.
Kelib chiqishi
[ arab. - ibodatxona; tokcha, taxmon tepasining yarim doira qilib ishlangan qismi ]
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0