Izohli lug‘at
mezon
мезон
Ma’nolari
- . Tarozi, oʻlchov.
- . Taqqoslash yoki baholash uchun oʻlchov, andoza.
- . (M — katta) Oʻn ikki burjning biri, Savr va Saraton burjlari oʻrtasida joylashgan ( burj).
- . Shamsiya yil hisobida yettinchi oyning arabcha nomi (22 sentyabr — 21 oktyabr davriga toʻgʻri keladi).
- . Baʼzi oʻsimliklarning kuzda havoda suzib yuradigan, oʻrgimchak uyasiga oʻxshash spora tashuvchilari.
- . Uzoq choʻzilgan yoz, issiq kuz.
Misollar
- Mezon toshlari.
- Qiyomat kuni adolat mezoni o'rnatamiz. Agar urug'chalik amalingiz bo'lsa keltiramiz. Xisob ketayotgani kifoya bo'lsin. — qurʼon 21:47 —
- Mehnat — kishi qadr-qiymatining mezonidir.
- Darveshali.. har ishga bel bogʻlar ekansiz, elning manfaat va zaruriyatini oʻzingiz uchun bir mezon deb biling. — Oybek — Navoiy.
- Navroʻzdan soʻng qish boʻlmas, mezondan soʻng yoz boʻlmas. — Maqol.
- Kuz keldi. Suvlar ariqda oynadek tiniq shildiradi, koʻkda mezonlar suzdi. — Sh. Gʻulomov — Tashabbus.
Kelib chiqishi
arab. – oʻlchov, tarozi; muvozanat; odillik
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0