Izohli lug‘at
minbar
минбар
Ma’nolari
- . Masjidda imom vaʼz aytadigan baland joy.
- . Maʼruza qilinadigan, axborot beriladigan baland kursi; tribuna.
- Adabiy minbar Gazeta, jurnal va shu kabilar haqida.
Misollar
- Hazrat minbardan tushib, betiga fotiha tortganidan keyin, masjid muazzini bilan darvozaning yoniga borib turdi. — M. Muhammadjonov — Turmush urinishlari.
- Minbarga chiqmoq. Minbarda turib gapirmoq.
- Umrida minbarga chiqmagan Mirvali bangi ham, uzicha aytganda, mehrobga soʻzga chiqib, soʻzining oxirida hammani kuldiradi. — A. Qodiriy — Obid ketmon.
- Hali institutning minbarlaridan Oʻnlarcha olimdan tinglaysan xitob. — Gʻ. Gʻulom. —
- Doska yonida ustiga qizil surp yopilgan yozuv stoli, uning chap tarafida minbar. — F. Musajonov — Himmat.
Kelib chiqishi
arab. – baland joy, oʻrindiq
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0