Izohli lug‘at
minmoq
минмоқ
Ma’nolari
- Biror narsaning ustiga (odatda ot-ulovga) oyoqlarni ikki yoqqa so-lintirib oʻtirib olmoq.
- Transport vositalariga chiqmoq, oʻtirmoq.
- Transport vositalarining biror turini boshqarmoq, haydamoq.
- koʻma. Oʻtirmoq, inmoq.
- Amal, mansab mazmunli soʻzlar bilan qoʻllanib, shu soʻz bildirgan vazifa, lavo-zim. mansabni egallamoq maʼnosini bildiradi.
- Avj, gʻazab kabi ayrim soʻzlar bilan qoʻllanib, shu soʻzlar bildirgan holatning yuz berishi maʼnosini bildiradi.
- Yelkasiga (yoki boʻyniga) minmoq Ixtiyo-rini ("tizginini") oʻz qoʻliga olib, ista-gan hukmini oʻtkazmoq, oʻz yoʻliga yuritadi-gan boʻlmoq. Salimboyvachchaning yelkasiga mi-nish uchun Gulnor qurbon boʻlishi kerak. Oybek, Tanlangan asarlar.
Misollar
- Tu yaga minmoq. Mo-totsi/slga minmoq. Ot kimniki — minganni-ki. — Maqol.
- tsh Yormat aravaning har qismiga razm solib, keyin chaqqonlik bilan otga mindi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Boʻtaboy azim tup yongʻoqqa tirmashib, bogʻ devoriga mindi. — S. Ahmad — Hukm.
- Aravaga minmoq. Tramvayga min-moq. Mashinaga minmoq. yash U yerdan odatda kemaga minilar, Chorjoʻyda oʻtaravaga oʻtirish kerak edi. — S. Siyoyev — Avaz.
- Boboqul ota Qaynardan qaytishda Toʻlamat moʻylov-ning pichan ortilgan avtokachkasiga minish-ga majbur boʻldi. S. — Anorboyev — Oqsoy.
- Mashina min-moq. Arava minmoq. yaya Jonfigʻon bundan besh-olti yil burun qaysi bir idoraning izvoshi-ni minar ekan, kirakashlik qilib, qoʻlga tush-gandan keyin haydashibdi. — A. Qahhor — Jon-figʻon.
- Arslon chiroyli kostyumlarini garde-robga ilib, kombinezon kiyib, universal mindi. — Mirmuhsin — Yashiringan kuch.
- Bulbul ketib, bogʻda navosi tindi, Yulduz yelkasiga goʻyo togʻ mindi. — B. Boyqobilov — Sadoqat.
- Nodon Anvar oʻrdadan quvlanish yeri-da sarmunshiylik masnadiga minmoqchi! — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Amalga yangi mingan hovliqma odamdek burnini koʻtargan. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Aʼzam Mirahme-dov bosh vrachlik lavozimiga mindi-yu, xoʻmrayib kirib, chimirilib chiqadigan boʻldi-qoldi. — "Mushtum".
- Beoʻxshov choʻlning daydi shamoli av.jga mingan. — F. Nu-rullayev — Boʻz yigit.
- - Toʻxtat deyapman senga! — lablari pirpirab, jahlga minib baqirdi rais. — "Mushtum".
- Sovuq chunon qahriga min-ganki.. tishimiz tishimizga tegmay qalti-raymiz. — O. Husanov — Qoʻshiqchining taqdiri.
- Kelinim oʻlgurning burnini bir yerga ishqab bermasangiz, bolagi-namning boʻyniga minib oldi. — S. Ahmad — Say-lanma. Yerni minib olmoq Yerni oʻz hukmiga boʻysundirmoq; undan xohlagancha foydalan-moq. Tangriqul hoji katta hamyonini —uzan-gi, chorakor batraklarni —
- jilov qilib, yerni maʼlum darajada minib olgan edi. Gʻulom aka yerni minolmas edi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0